LUNA2000-1.0MWH-1H1
Yeсhim moslashuvchan, modulli va intellektual dizaynga ega bo‘lib, elektr uzatish tizimi operatorlari kabi mijozlarga elektr tarmog‘i va o‘zgaruvchan quvvat talabining muvozanatini ta’minlashda yordam beradi.
Huawei Luna2000 Smart String ESS quyidagilardan iborat: batareya invertori (PCS), energiya saqlash konteyner moduli, intellektual transformator va boshqaruv tizimi. Asosiy qurilmalar — invertor (PCS) va saqlash konteyneri — modulli dizayndan foydalanadi, bu esa batareya energiyasidan maksimal darajada foydalanish va saqlashning umumiy xarajatlarini (LCOS) pasaytirish uchun moslashuvchan kengaytirish imkonini beradi.
Afzalliklari
Ko‘proq energiya
- Batareya moduli darajasida optimallashtirish
- Modullar tizimi darajasida optimallashtirish
- Tarqoq havo sovitish tizimi
Sodda ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish
- Davriy balanslashga ehtiyoj yo‘q
- Obyektga mutaxassislarning tashrifi talab qilinmaydi
Optimal investitsiya
- Batareyalarni kengaytirishni imkoniyati
- Boshlang‘ich konfiguratsiyani 30% ga kamaytirish
Xavfsiz va ishonchli
- Tizimning to‘rt karra xavfsizlik himoyasi
- Yong‘in xavfini aniqlash uchun ichki qisqa tutashuvni intellektual aniqlash